O‘zbekistonda 2025-yilda elektron tijorat platformalari soni 3,2 baravarga oshdi

eʼlon qilindi
36 tadan 115 taga yetdi
Foto: Getty Images

2025-yilda O‘zbekistonda elektron savdo sohasida katta o‘sish kuzatildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, elektron tijorat platformalari soni 36 tadan 115 taga yetdi, ya’ni o‘tgan yilga nisbatan 3,2 baravar ko‘paydi.

Foto: ILMA

Elektron savdo hajmi ham sezilarli oshib, 22,7 trillion so‘mga yetdi. Bu esa umumiy chakana savdoning 4,6 foizini tashkil qiladi.

Shu bilan birga, elektron tijorat savdosi hajmining 1,5 baravar oshishi, iste’molchilarning onlayn xarid qilishga bo‘lgan qiziqishi va platformalarning xizmat sifatining yaxshilanishi bilan izohlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Soliq qo‘mitasi xorijiy kompaniyalarga amalga oshirilgan tranzaksiyalarni o‘rganmoqchi ekani haqida yozgandi.

Shuningdek