Nissan Murano ketma-ket ikkinchi yil eng ishonchli model deb topildi

18-fevral 2026 09:50 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Car and Driver

Nissan Murano modeli AQShda o‘tkazilgan 2026-yilgi ishonchlilik tadqiqotlari natijalariga ko‘ra ketma-ket ikkinchi yil eng ishonchli o‘rta o‘lchamli krossover deb topildi. Reyting J.D. Power tomonidan e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Tarantas News nashri.

Tadqiqot qanday o‘tkaziladi

J.D. Power Vehicle Dependability Study (VDS) 37 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Unda uch yillik avtomobil egalari so‘rovdan o‘tkaziladi.

Baholash jarayonida 184 ta ehtimoliy muammo to‘qqizta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tahlil qilinadi:

  • Multimedia va axborot-ko‘ngilochar tizim
  • Funksiyalar, boshqaruv elementlari va displeylar
  • Tashqi ko‘rinish
  • Haydovchiga yordam tizimlari
  • Salon sifati
  • Kuch uzatish tizimi
  • O‘rindiqlar
  • Harakatlanish sifati
  • Iqlim nazorati tizimi

Natijalarga ko‘ra, Murano o‘z segmentida eng kam muammoga ega model sifatida e’tirof etildi.

Nissan Murano haqida

Ma’lumot uchun, yangi Nissan Murano 2024-yil oxirida taqdim etilgan edi. 2026-yilgi model yangilangan platforma asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, qulaylik, funksionallik va premium xususiyatlar yanada takomillashtirilgan.

AQSh bozorida model qatori to‘liq g‘ildirakdan tortuvchi SV versiyasidan boshlanadi. Tavsiya etilgan boshlang‘ich narx – $41 670.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oila uchun eng yaxshi avtomobil aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek