Qizil chiroqlar va dronlar shousi: xitoyliklar yangi yilni qanday kutib oldi

eʼlon qilindi
Ushbu yil 2027-yil 5-fevralgacha davom etadi
Qizil chiroqlar va dronlar shousi: xitoyliklar yangi yilni qanday kutib oldi
Foto: Zhang Jinjia/XinHua/Global Look Press

Xitoy aholisi Bahor bayramini, ya’ni Xitoy Yangi yilini nishonladi. 2026-yilda bayram 17-fevral kuni boshlandi va Qizil olovli ot yili kirib keldi. Kursiv Media’ga ko‘ra, ushbu yil 2027-yil 5-fevralgacha davom etadi.

Xitoyda yangi yil
Foto: Li Meng/XinHua/Global Look Press

Fevral o‘rtalaridan boshlab mamlakat bo‘ylab bayramona muhit hukm surmoqda. Ko‘chalar qizil bezaklar, fonuslar va yil ramzi bo‘lgan ot tasvirlari bilan bezatildi. Pekindagi mashhur Vanfutszin ko‘chasida bayram bannerlari o‘rnatildi.

WATCH: CMG 2026 Spring Festival Gala Kicks Off Across China | Year of the Horse Celebration | AQ15

Bahor bayrami Xitoyda eng katta oilaviy bayram hisoblanadi. Shu kunlarda mamlakatda yilning eng yirik ichki migratsiyasi kuzatiladi. Taxminan 9,5 mlrd safar amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu davr «chunyun» deb ataladi. Temiryo‘l vokzallari va aeroportlarda odamlar oqimi keskin ortadi.

Foto: Myo Kyaw Soe/XinHua/Global Look Press

Bayram davomida oilaviy kechki ovqatlar, birgalikda ibodatlar, sovg‘alar va turli madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Ko‘plab hududlarda fonuslar festivali, sher va ajdar raqslari namoyish etiladi. Davlat telekanallari maxsus bayram dasturlarini efirga uzatadi.

Happy Chinese New Year! A selection of the 2026 CMG Spring Festival Gala

Yirik shaharlarda salyutlar o‘rniga yorug‘lik shoulari va dronlar chiqishlari keng qo‘llandi. Minglab dronlar osmonda yil ramzi bo‘lgan ot tasvirini hosil qildi.

Bayramning eng muhim qismi – Yangi yil arafasidagi oilaviy dasturxon. Xitoyliklar omad va baraka ramzi bo‘lgan taomlar tayyorlaydi. Masalan, baliq – mo‘l-ko‘lchilik, mandarin esa farovonlik timsoli hisoblanadi.

Xitoyda yangi yil
Foto: BBC

Sharqona an’anaga ko‘ra, Ot yili energiya va ishonch ramzi. Olov unsuri esa bu xususiyatlarni yanada kuchaytiradi. Xitoyliklar Yangi yilni omad va sog‘lik tilaklari bilan kutib olmoqda.

Foto: Ilya Pitalev/RIA Novosti

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyo mamlakatlarida Ramazon oyi qaysi sanadan boshlanishi haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek