Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi AQShda qanday kutib olindi — foto

eʼlon qilindi
Prezident Tinchlik kengashining birinchi sammitida ishtirok etadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga yetib keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Vashington yaqinidagi Endryus aviabazasida tantanali ravishda kutib olindi. Aeroportda prezidentni AQSh – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Missisipi shtati Milliy gvardiyasi birlashgan shtabi qo‘mondoni Djeyms Xenkins hamda boshqa rasmiy shaxslar qarshi oldi.

Vashingtonda ajratilgan qarorgohda esa AQSh prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Tinchlik kengashining birinchi sammitida ishtirok etadi, shuningdek, bir qator yuqori darajadagi ishbilarmonlik uchrashuvlari va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident amaliy tashrif bilan AQShga borishi haqida yozgandi.

Shuningdek