Sergelida avtobus yondi: jarohat olganlar yo‘q
eʼlon qilindi
Vaziyat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanida avtobusda yong‘in yuz berdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
18-fevral kuni soat 12:02 da Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasida avtobusda yong‘in chiqqani haqida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 12:07 da yetib borgani va yong‘in soat 12:09 da bartaraf etilgani ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 4-avtosaroyga qarashli avtobusda sodir bo‘lgan va transport vositasi qisman zararlangan.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Vaziyat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.