Qamchibek Tashiyev o‘rniga Jumgalbek Shabdanbekov nomzodi ma’qullandi

Qirg‘iziston parlamenti Qamchibek Tashiyev o‘rniga Jumgalbek Shabdanbekov nomzodini ma’qulladi. Bu haqda Kaktus Media xabar berdi.
Yig‘ilishda nomzodni prezident va Vazirlar Mahkamasining parlamentdagi yangi vakili Bektur Zulpiyev tanishtirgan.
Deputat Irisbek Atajanov nomzodni muhokamasiz qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Uning aytishicha, Xavfsizlik qo‘mitasi raisini oldinda ko‘plab vazifalar kutmoqda.
Ovoz berish yakuniga ko‘ra, 79 nafar deputat nomzod tarafida ovoz berdi, qarshi ovoz bo‘lmadi. Majlisda jami 88 deputat ro‘yxatdan o‘tgan.
Shu bilan Shabdanbekov Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari lavozimiga rasman tasdiqlandi.
Avvalroq «Kursiv» Japarov Qamchibek Tashiyevni nega iste’foga chiqarganini tushuntirgani haqida yozgan edi. Prezident tartibbuzarlarning xatti-harakatlari davlat xizmatchilari va aholi o‘rtasida bo‘linishga olib kelishi mumkinligi va shuning uchun davlat barqarorligi hamma narsadan ustun ekanini ta’kidlagan.
O‘rtalaridagi do‘stlikni saqlab qolish haqida so‘ralganda, Japarov munosabatlar o‘zgarishsiz qolishi va oralaridagi do‘stlik pozitsiyalarga bog‘liq emasligini aytgan.