Yangi Mercedes-Benz GLA sinovdan o‘tmoqda

18-fevral 2026 14:18 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Yangi Mercedes-Benz GLA sinovdan o‘tmoqda
Rasm SI yordamida tahrirlangan

Yangi avlod Mercedes-Benz GLA faol sinov jarayonida. IT Home nashriga ko‘ra, yangi model BMW iX1 bilan raqobatlashadi. Kompakt krossover tashqi ko‘rinishda tanish siluetni saqlab qoladi, ammo texnik jihatdan to‘liq yangilanadi.

Model yangi MMA modul platformasida yaratiladi. Ushbu platforma elektr va gibrid versiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Yon tomondan avtomobil krossover-xetchbek ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Old va orqa qisqa osmalar, biroz qiyaroq tom chizig‘i mavjud. Orqa qismida uzluksiz LED chiroqlar va yulduzsimon fonarlar o‘rnatiladi.

Foto: Carscoops

Salon dizayni CLA va GLB modellari uslubida bo‘ladi. Ichkarida MBUX Superscreen tizimi qo‘llaniladi. U raqamli panel va multimedia ekranini birlashtiradi. Old yo‘lovchi uchun qo‘shimcha ekran o‘rnatish imkoniyati ham bo‘ladi. Google Assistant qo‘llab-quvvatlanadi. Orqa o‘rindiqlarda joy kengaytiriladi va yukxona hajmi oshiriladi. MB.Drive tizimi yarim avtonom haydash va avtomatik parkovkani ta’minlaydi.

Foto: Carscoops

To‘liq elektr versiya 800 voltli tizimga ega bo‘ladi. Orqa yetakchi variant taxminan 268 ot kuchi beradi. To‘liq yetakchi versiya esa 350 ot kuchi atrofida bo‘ladi. 85 kVt/soatli batareya 542 – 631 km (WLTC) masofa bosib o‘tishni ta’minlaydi. Tezkor quvvatlash quvvati 320 kVtgacha yetadi.

Gibrid versiyada 1,5 litrli turbomotor va 48 voltli yumshoq gibrid tizim qo‘llaniladi. Quvvati 136 – 190 ot kuchi oralig‘ida bo‘ladi. Kelajakda 500 ot kuchidan yuqori quvvatga ega elektr AMG versiyasi ham taqdim etiladi.

Elektr GLA joriy yilda namoyish qilinishi kutilmoqda. Gibrid va AMG versiyalari esa 2027-yilda bozorga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp tariflari sababli Mercedes-Benz ishlab chiqarish strategiyasini o‘zgartirayotgani haqida xabar berilgandi. Agar yangi bojxona to‘lovlari bo‘lmaganida, avtomobil bo‘linmasining sotuv rentabelligi amaldagi 5 foiz o‘rniga 6,1 foizni tashkil etgan bo‘lar edi.

Shuningdek