BYD Song Ultra elektromobili qanday narxda sotiladi

19-fevral 2026 08:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Song Ultra elektromobili qanday narxda sotiladi
Foto: Electrek / Fototahrir: Kursiv Uzbekistan

Xitoyning BYD kompaniyasi yangi elektromobil ustida ishlamoqda. Bu haqda Electrek nashri ma’lum qildi. Model BYD Song Ultra EV nomini oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, narx $26 mingdan boshlanadi.

Krossover uzunligi 4850 mm, kengligi 1910 mm, balandligi 1670 mmni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 2840 mmga yetadi. Uzunligi deyarli 5 metrga teng. Model old o‘qda joylashgan bitta elektromotor bilan taklif etiladi. Uning quvvati 362 ot kuchiga teng.

Foto: Electrek

Batareya sig‘imi kamida ikki xil bo‘ladi. 75,6 kVt/soat va 82,7 kVt/soat variantlari mavjud. CLTC sikli bo‘yicha yurish masofasi 620 km va 710 km gacha yetadi. Suratlardan ko‘rinishicha, tom qismida lidar bor. Bu ilg‘or haydovchi yordam tizimlari mavjudligini anglatadi.

Krossover yangi avlod yordamchi tizimi bilan jihozlanishi kutilmoqda. U kompaniyaning «God’s Eye B tizimi bo‘lishi mumkin.

Foto: Electrek

Electrek nashri modelni B-segmentga kiritgan. Biroq o‘lchamlari undan kattaroq toifaga mos keladi.Song Ultra EV global bozorda arzon va uzoq masofali elektromobil sifatida pozitsiyalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Linghui e9 elektromobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek