Chevrolet Bolt 2027 avtomobili savdoga qaytmoqda

19-fevral 2026 09:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Bolt 2027 avtomobili savdoga qaytmoqda
Foto: Consumer Reports

General Motors (GM) Chevrolet Bolt avtomobilini bozorga qaytarmoqda. Bu haqda GM Authority xabar berdi. Kompaniya 2023-yilda ushbu modelni ishlab chiqarishni to‘xtatgan edi.

Yangilangan Chevrolet Bolt kuchliroq bo‘ladi. Yurish masofasi oshirilib, zaryadlash tezligi ham yaxshilangan.

Ammo eng qiziq yangilik qo‘lqutisida yashiringan. Har bir avtomobil ichida maxsus pochta kartochkasi bor. U kartochka Kanzas shtatidagi Fairfax zavodida ishlab chiqarilgan. Zavod GM Fairfax Assembly nomi bilan tanilgan.

Foto: GM Authority

Kartochkada mahalliy rassom Marianne Cascone chizgan original tasvir bor. Orqa tomonida zavod rahbariyatining imzosi tushirilgan. U avtomobilni yig‘gan jamoani eslatib turadi.

Biroq Bolt uzoq ishlab chiqarilmaydi. Model 18 oy davomida ishlab chiqarilib, 2027-yilda yana to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan Tracker savdoga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek