Samarqandda dor yo‘li qurilishi boshlandi – foto

Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazi hududida zamonaviy dor yo‘li (kanat yo‘li) qurilishi boshlandi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar berdi.
Loyihaga ko‘ra, dor yo‘lining umumiy uzunligi 1700 metrni tashkil etadi. U 35 ta kabinadan iborat bo‘lib, har bir kabina 10 nafargacha yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega. Inshoot soatiga 1500 nafargacha mehmonlarga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.





Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida turizm markazi hududida harakatlanish yanada qulaylashadi. Shuningdek, sayyohlar hududni balandlikdan tomosha qilish, manzaralardan bahramand bo‘lish va qo‘shimcha dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda Xorvatiya konsulligi ochilishi mumkinligi haqida yozgandi.
Shuningdek, Fransiya kompaniyasi Shohimardondan Dugobaga osma dor yo‘li qurishi haqida yozgandik.