
Toyota C-HR modeli qayta taqdim etildi. Endi u oddiy krossover emas, balki to‘liq elektromobilga aylandi. 2026-yilgi model AQSh bozorida elektr SUV sifatida sotuvga chiqadi. Yevropada esa boshqa versiyalar taklif etiladi.
AQSh uchun mo‘ljallangan C-HR 74,7 kVt/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Unda ikkita elektromotor bor. Umumiy quvvati 338 ot kuchiga yaqin. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka taxminan 5 soniyada chiqadi. Bir zaryad bilan 460 km masofa bosib o‘tishi aytilmoqda. Tezkor quvvatlash imkoniyati mavjud. Batareya 10 foizdan 80 foizgacha taxminan 30 daqiqada to‘ladi. Mashina NACS ulagichi orqali Supercharger tarmog‘iga ham mos keladi.

Yevropada model C-HR+ nomi bilan sotiladi. U yerda 57,7 va 77 kVt/soatli batareyalar taklif etiladi. Old yoki to‘liq privodli variantlari mavjud. Quvvati 167 ot kuchidan 343 ot kuchigacha. WLTP sikli bo‘yicha maksimal yurish zaxirasi 600 km ga yetadi. Yevropada tanlov kengroq, AQShda esa kuchli to‘liq privodli bitta asosiy versiya taqdim etilgan.

Yangi C-HR e-TNGA platformasida yig‘ilgan. Toyota bu platformani boshqa elektromobillarida ham ishlatadi. Tashqi ko‘rinishi kupe uslubini saqlab qolgan, biroq yanada agressivroq bo‘lgan. Salon to‘liq raqamli ko‘rinishga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota Yaris 2027 benzin, gibrid va to‘liq elektr variantlarda taqdim etilishi haqida xabar berilgandi. Yangi Yaris EV taxminan 400 km masofani bosib o‘ta oladi. Bu shahar avtomobili uchun yetarlicha va haftalik yo‘lni zaryadsiz bosib o‘tishi mumkin.