Hyundai barcha modellarda yagona dizayn joriy etadi

19-fevral 2026 10:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hyundai barcha modellarda yagona dizayn joriy etadi
Foto: Depositphotos

Hyundai kompaniyasi barcha modellarda yagona dizayn joriy etadi. Bu haqda brendning Yevropadagi bo‘limi rahbari Ksavye Martinen ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kelajakdagi modellar bir-biriga ko‘proq o‘xshaydi. Biroq har bir model o‘ziga xos ko‘rinishini saqlab qoladi.

Martinenning aytishicha, xaridorlar mashina tanlashda avvalo dizayn va narxga e’tibor beradi. Yirik avtomobillarda dizayn muhimroq ahamiyatga ega. Chunki tanlov keng. A va B segmentidagi kichik avtomobillarda esa narx asosiy omil hisoblanadi.

Kompaniya xaridorlarni narx, texnik ko‘rsatkich va tashqi ko‘rinish orqali jalb qilmoqchi. Rahbar hozircha model qatorida yagona uslub yetishmayotganini tan oldi. Ayni paytda modellarni faqat yorug‘lik elementlari va mayda detallar bog‘lab turadi.

Kelajakda barcha modellar uchun umumiy dizayn konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, kompaniya barcha avtomobillarni bir xil ko‘rinishga keltirmasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hyundai va Kia elektromobillari tortish kuchini yo‘qotayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek