O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
21-fevral kuni
21-fevral kuni ayrim hududlarda sel va suv toshqini xavfi bor
Foto: yourhikeguide

21-fevral kuni kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. «O‘zgidromet» tezkor gidrometeorologik axborot bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
    Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 19-fevral kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmasligi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Shuningdek