
Toyota RAV4 avtomobilining oltinchi avlodi BAA bozoriga chiqdi. Bu haqda Kolesa.kz nashri xabar bermoqda. Model avval AQSh, Yaponiya va Yevropada sotuvga kirgan edi.
Ushbu mamlakatda krossover ikki turdagi dvigatel bilan taklif etiladi. 2,0 litrli benzinli versiya 171 ot kuchi beradi. 2,5 litrli gibrid HEV esa 239 ot kuchiga ega.

BAA uchun beshta komplektatsiya ko‘zda tutilgan: EX, EXR, GXR, Adventure va VXR. Dastlabki uchtasi oddiy DVС va gibrid bilan mavjud. Adventure va VXR faqat 2,5 HEV bilan taklif qilinadi. Barcha versiyalar Toyota Safety Sense 4 haydovchi yordam tizimi bilan jihozlanadi.
Narxlar:
| Komplektatsiya | Versiya | Narx ($) |
|---|---|---|
| EX FWD | 2.0 benzin | $28 800 |
| EX FWD | 2.5 HEV | $31 300 |
| Adventure HEV | 2.5, AWD | $38 900 |
| VXR HEV | 2.5, AWD | $41 600 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota Corolla va RAV4 avtomobillarining narxi pasaygani haqida yozgan edi.