Yun Sok Yol umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

eʼlon qilindi
Sud uni 2024-yil dekabrdagi harbiy holat e’lon qilish qarori uchun aybdor deb topdi
Yun Sok Yol umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: EPO

Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The Guardian nashri mahalliy manbalarga tayanib xabar bermoqda. Sud uni 2024-yil dekabrdagi harbiy holat e’lon qilish qarori uchun aybdor deb topdi.

Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, qo‘zg‘olon yetakchiligida aybdor deb topilgan shaxs o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq bilan jazolanadi.

Prokuratura Yun uchun o‘lim jazosini so‘ragan edi. U parlamentni harbiylar bilan o‘rab olish va siyosiy raqiblarni hibsga olishga urinishda ayblandi.

Sud hukmi 2024-yil 3-dekabr voqealaridan 14 oy o‘tib e’lon qilindi. O‘sha kuni harbiy holat joriy etilgandi. Olti soat ichida parlament favqulodda qaror bilan uni bekor qildi.

Keyinroq parlament Yunni impichment qildi. To‘rt oy o‘tib konstitutsiyaviy sud uni lavozimidan chetlatdi. Yun sud jarayonida aybsizligini ta’kidlagan edi.

Avval ham bir qator yuqori martabali amaldorlar jazolangan. Sobiq bosh vazir Han Dak-su 23 yilga hukm qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Janubiy Koreya sobiq prezidentiga o‘lim jazosi so‘ralayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek