Telegram maxsus xizmatlar foydalanuvchilar yozishmalariga kirishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Telegram ma’muriyati xorijiy maxsus xizmatlar foydalanuvchi yozishmalariga kira olgani haqidagi da’volarni rad etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Kompaniyaga ko‘ra, Rossiya hukumatining shifrlash buzilgani haqidagi bayonoti ataylab tarqatilgan uydirma. Bu bayonot messenjer faoliyatini taqiqlash va fuqarolarni davlat nazoratidagi boshqa platformaga o‘tkazishni oqlash uchun bildirilgan.
Avvalroq Rossiya raqamli rivojlanish vazirligi rahbari messenjerdan xorijiy maxsus xizmatlar foydalanayotganini aytgandi. U ma’muriyat 150 mingta noqonuniy kontentni o‘chirish bo‘yicha so‘rovga javob bermaganini ham ma’lum qilgan.
Fevral boshida Moskvada Telegram ishini sekinlashtirish qarori qabul qilingandi. Roskomnadzor servis foydalanuvchi ma’lumotlarini yetarli darajada himoya qilmayotganini bildirgan.
Shu bois Rossiyada messenjerga nisbatan cheklovlar bosqichma-bosqich kuchaytirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Telegram 2025-yilda rekord darajada kontentlarni bloklagani haqida yozgan edi.