Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartiriladi

Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartiriladi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
2026-yil 18-fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha masjidlar yaqinidagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Shu sababli quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha cheklangan ko‘chalarga yondosh ko‘chalar orqali o‘zgartiriladi. O‘zgartirilgan yo‘nalishlarda qatnov oralig‘i belgilangan vaqtdan oshishi mumkin. Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.
Harakat cheklanadigan hududlar va o‘zgartiriladigan yo‘nalishlar
| t/r | Masjid nomi | Harakat cheklanadigan hudud | Yo‘nalishlar | Avtobus saroyi |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Tepa masjidi | Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasigacha | 50 | 5-AC |
| 2 | Islom ota masjidi | Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalarigacha | 22, 127 | 1, 7-AC |
| 3 | Ali ibn Abu Tolib masjidi | Yashnobod tumani, Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasigacha | 18, 106, 148 | 5-AC |
| 4 | Usmon bin Maz’um masjidi | Yakkasaroy tumani, KHAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY – Qushbegi chorrahasigacha | 32, 62, 70, 143 | 4, 7, 12-AC |
| 5 | Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi | Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha | 8T, 20, 27, 35, 46, 53, 73, 91, 146 | 4, 7, 8, 18-AC |
| 6 | Hazrati Imom masjidi | Olmazor tumani, Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – A. Qodiriy chorrahasigacha | 42, 43, 109 | 8-AC |
| 7 | Islomobod masjidi | Olmazor tumani, KHAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha | 65, 118, 120 | 8, 18-AC |
| 8 | Do‘stjonboy (Sulola) masjidi | Olmazor tumani, Sag‘bon-12 tor ko‘chasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha | 118, 120 | 8, 18-AC |
| 9 | Mirza Yusuf masjidi | Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha | 38, 50 | 4, 5-AC |
| 10 | Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi | Uchtepa tumani, Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa chorrahasigacha | 13, 56 | 7-AC |
| 11 | Hazrati Ali masjidi | Uchtepa tumani, Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1 tor – Zamaxshariy ko‘chasigacha | 64, 73, 87, 114, 139 | 4, 7, 18-AC |
| 12 | Novza masjidi | Chilonzor tumani, Bunyodkor – Muqimiy ko‘prigi tagidan Bunyodkor – Kamolon ko‘prigigacha | 56, 118, 150 | 7, 8-AC |
| 13 | Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi | Chilonzor tumani, Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘g‘alli ota ko‘chasigacha | 17T, 98 | 7, 18-AC |
| 14 | Ubay ibn Ka’b (Bo‘rijar) masjidi | Chilonzor tumani, Al-Xorazmiy – Katta Xirmontepa chorrahasidan Al-Xorazmiy – Katta Qani chorrahasigacha | 17T, 98 | 7, 18-AC |
| 15 | Katta Qozirabod masjidi | Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi | 18, 77, 80, 103, 135 | 2, 4, 5, 7, 18-AC |
| 16 | O‘nqo‘rg‘on jome masjidi | Qibray tumani, A. Ustaboyev ko‘chasi, «O‘nqo‘rg‘on» MFY | 3 | 2-AC |
| 17 | Bo‘ta buva jome masjidi | Chilonzor tumani, Beshqo‘rg‘on ko‘chasi | 161 | 4-AC |
| 18 | Mirxalil xoji masjidi | Toshkent tumani, Bobur ko‘chasi | 65 | 8-AC |
| 19 | Umar ibn Xattob masjidi | Yunusobod tumani, Bog‘iravon ko‘chasi | 35, 78 | 8, 18-AC |
| 20 | Yunusobod Oqtepa masjidi | Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi | 71 | 8-AC |
| 21 | Eshon Boboxon masjidi | Shayxontohur tumani, Al Xorazmiy ko‘chasi | 29 | 18-AC |
Haydovchilar va yo‘lovchilardan tirbandliklarni inobatga olib, harakatni oldindan rejalashtirish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bektemir va Katta halqa yo‘li chorrahasida harakat vaqtincha o‘zgartirilishi haqida xabar berilgandi.