Samsung Galaxy A06 eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

19-fevral 2026 19:52 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Samsung

2025-yilda Lotin Amerikasi smartfon bozorida eng ko‘p sotilgan model – Samsung Galaxy A06 4G bo‘ldi. Bu haqda tahliliy kompaniya Counterpoint hisobotida e’lon qilindi.

Budjet toifasidagi ushbu qurilma mintaqa umumiy bozorining 7 foizini egallagan. Ikkinchi o‘rinda Samsung Galaxy A16 4G, uchinchi o‘rinda esa Motorola Moto G15 4G joylashgan.

Umuman olganda, kuchli o‘nlikdan to‘rtta model Samsung, uchtadan Motorola va Xiaomi brendlariga tegishli. Ro‘yxatdagi aksariyat qurilmalar budjet segmentiga mansub bo‘lib, faqat Samsung Galaxy A56 5G o‘rta toifaga kiradi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikdagi 10 modeldan 8 tasi 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Biroq tahlilchilarga ko‘ra, Lotin Amerikasi bozori uchun bu holat odatiy hisoblanadi.

Shu bilan birga, umumiy savdolarning 33 foizi aynan kuchli o‘nlikka kirgan modellarga to‘g‘ri kelgan. Bu esa mintaqada arzon va 4G smartfonlarga talab yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan eng ko‘p sotilgan avtomobillar haqida yozgandi.

Shuningdek