
Meta yaqinda o‘zining aqlli soatini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyiha bir necha yil oldin e’lon qilingan, keyinchalik esa vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Meta’ning yangi aqlli soati 2026-yilda chiqarilishi kutilmoqda. Qurilma sog‘liqni kuzatish imkoniyatlari va Meta AI funksiyalari bilan jihozlanadi. Loyiha kompaniya strategiya yig‘ilishida, Mark Sukerbergning Gavayidagi uyida qayta jonlantirilgan. Hozircha soatning boshqa texnik tafsilotlari ochiq e’lon qilinmadi.
Shuningdek, Meta joriy yil oxirida Ray-Ban Display ko‘zoynaklarining yangilangan versiyasi Hypernova 2’ni taqdim etishga hozirlanmoqda. Kompaniya 2027-yilda chiqarilishi kutilayotgan AR ko‘zoynaklar ustida ham ishlayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta aqlli ko‘zoynaklariga insonlarni tanish funksiyasini qo‘shishi haqida xabar bergan edik.