OnePlus 15R smartfoni qanday xususiyatlarga ega

eʼlon qilindi
Yangi qurilma 7400 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan
Foto: Stuff

OnePlus kompaniyasi flagman darajasidagi xususiyatlarga ega yangi OnePlus 15R smartfonini bozorga chiqardi. Qurilma kuchli unumdorlik va uzoq vaqt ishlovchi akkumulyatorni maqbul narxda taklif etadi.

Foto: Stuff
Foto: Stuff

OnePlus 15R modeli 6,83 dyuymli AMOLED ekranga ega bo‘lib, uning yangilanish chastotasi 165 Htsni tashkil etadi. Smartfon 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 8 Gen5 protsessori hamda 12 GB tezkor xotira bilan ishlaydi. Uning og‘irligi 213 gramm bo‘lib, korpusi IP68/IP69K standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan.

Foto: Stuff
Foto: Stuff
Foto: Stuff

Qurilmaning asosiy e’tiborli jihati 7400 mA/soat sig‘imli akkumulyator hisoblanadi. U 80 Vt (vatt) quvvatga ega tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi, biroq qadoq ichida quvvatlovchi uskuna taqdim etilmaydi. Asosiy kamera 50 Mp, qo‘shimcha keng burchakli obyektiv 8 Mp, frontal kamera esa 32 Mp aniqlikka ega.

Foto: Stuff

Smartfonning taxminiy narxi $780 atrofida belgilangan. Qurilma 8K formatida video yozib olish va optik yaqinlashtirish xususiyatlariga ega emas.

Foto: Stuff

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tayvanda OnePlus asoschisini hibsga olish uchun order berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek