Qozog‘iston prezidenti Donald Tramp nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Qosim-Jomart Toqayev bu taklifni Vashingtondagi rasmiy tashrifi doirasida bildirdi
Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Tinchlik kengashida Donald Tramp nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish tashabbusi bilan chiqdi. Toqayev mazkur mukofot Trampning tinchlikni targ‘ib qilishdagi yutuqlari e’tirofi bo‘lishini ta’kidlagan.

«Tinchlik kengashida prezident Tramp nomidagi maxsus mukofotni uning tinchlikni targ‘ib qilishdagi ulkan yutuqlari e’tirofi sifatida ta’sis etishni taklif qilmoqchiman. Sizning kuchli va uzoqni ko‘zlovchi rahbarligingiz ostida Kengash o‘zining oliyjanob missiyasini muvaffaqiyatli bajarishiga ishonchim komil», – dedi Toqayev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22-yanvarida Toqayev Davosda bo‘lib, AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil qilingan Tinchlik kengashi ustavini imzolash marosimida ishtirok etgan edi. Qozog‘iston rahbari G‘azo bo‘yicha tuzilayotgan Tinchlik kengashi tarkibiga kirish uchun Donald Trampdan birinchilardan bo‘lib rasmiy taklif olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston prezidenti Grenlandiyani 120 yilga ijaraga olish tashabbusini ilgari surgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek