Oltita viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
eʼlon qilindi
21 – 22-fevral kunlari

2026-yil 21 – 22-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sabab respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Xavf quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida.
Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21-fevral kuniga sakkizta viloyatida sel-suv toshqini xavfi ham e’lon qilingandi.