Mercor SI’ni o‘qitish uchun kuniga 1 mln dollar to‘lamoqda

Mercor startapi turli soha ekspertlariga sun’iy intellekt modellarini o‘qitish uchun har kuni $1 mlndan ortiq mablag‘ to‘lamoqda. Eng ko‘p talab qilinadigan mutaxassislar qatoridan dasturchilar, moliyachilar, shifokorlar va huquqshunoslar o‘rin olgan.
Mercor bosh direktori Brendan Fudi 22 yoshda bo‘lib, u kompaniyaga dastlab HR-agentlik sifatida asos solgan. Keyinchalik startap mutaxassislar yordamida sun’iy intellektni o‘qitish yo‘nalishiga o‘tgan. Hozirgi kunda kompaniyaning qiymati $10 mlrddan ortiq baholanmoqda.

Goldman Sachs kompaniyasining sobiq rahbari Raul Pal ushbu g‘oyani tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt cheksiz miqdordagi ma’nosiz bilimlarni yaratib, mutaxassislar tajribasini qadrsizlantiradi. Bunga javoban X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Palning avvalroq banklar inqirozga uchrashi va kriptovalyutalar keskin o‘sishi haqidagi xato prognozlarini eslatib o‘tishgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nvidia va OpenAI 100 mlrd dollarlik kelishuvni 30 mlrd dollarlik sarmoyaga almashtirgani haqida xabar bergan edi.