Dollar hafta davomida qanday o‘zgardi

AQSh valyutasi hafta davomida turlicha o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan maqolasida dollar hafta davomida qanday o‘zgargani haqida so‘z boradi.
16-fevral, dushanba kunida pasayish ko‘rsatdi. Kurs 54,6 so‘mga arzonlab, 12 220,98 so‘mga tushdi. 17-fevral kuni yana 29,68 so‘mlik pasayish qayd etildi. Natijada kurs 12 191,30 so‘m bo‘ldi. 18-fevralda esa dollar 53,44 so‘mga tushib, 12 137,86 so‘mgacha pasaydi.
Dollar kursining o‘zgarishi

19-fevral kuni ham pastlash davom etdi. Valyuta yana 5,38 so‘mga arzonlab, 12 132,48 so‘mni tashkil qildi. Biroq 20-fevral kuni vaziyat o‘zgardi. Dollar 36,93 so‘mga oshib, 12 169,41 so‘mga yetdi.
Umumiy olganda, dollar hafta davomida 51,57 so‘mga pasaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 23-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.