Davlat budjetiga gender va “yashil” budjetlash tamoyillari kiritildi

Adliya vazirligida qabul qilingan buyruq bilan Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu hujjat bilan ilk bor genderga yo‘naltirilgan budjetlash va «yashil» budjetlash tushunchalari rasmiy normativ-huquqiy hujjatga kiritildi.
Endilikda har yili kelgusi moliya yili uchun budjet prognozi va undan keyingi ikki yilga mo‘ljallangan budjet mo‘ljallari ishlab chiqiladigan fiskal strategiya va budjetnomada «yashil» budjetlash va genderga yo‘naltirilgan budjetlash bo‘yicha erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar tahliliy ko‘rsatkichlari kiritilishi talab qilinadi.
Bundan tashqari, budjet mablag‘larini taqsimlovchi tashkilotlar tomonidan tuziladigan rivoylanish dasturida quyidagi maqsadlar asosida ko‘rsatkichlar belgilanishi shart:
- rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari;
- sifat va miqdor ko‘rsatkichlari;
- ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash;
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston budjeti 2026-yil 2025-yil bilan solishtirganda nimasi bilan farq qilishi haqida yozgan edik.