Geely Monjaro’ning Changfeng modeli endi AI-92 benzinda harakatlanadi

20-fevral 2026 21:06 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Geely

Geely o‘zining flagman krossoveri — Geely Xingyue L qatorini yangi Changfeng talqini bilan kengaytirdi. Model allaqachon Xitoydagi dilerlik markazlarida sotuvga qo‘yilgan. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Foto: Geely

Yangi versiyaning eng muhim o‘zgarishi dvigatel sozlamalariga taalluqli. 2,0 litrli, 218 ot kuchiga ega turbo motor endilikda rasman AI-92 benzini bilan ishlay oladi. Shunga qaramay, avtomobilning dinamik ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan: krossover 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi, aralash sikldagi yoqilg‘i sarfi esa 100 kilometrga 7,5 litrni tashkil etadi.

Foto: Geely

Changfeng talqinida multimedia tizimi ham jiddiy yangilangan. Salon uchta yirik ekran bilan jihozlangan bo‘lib, raqamli asboblar paneli 12,3 dyuymni tashkil etadi, markaziy displey va old yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha ekran esa 14,6 dyuymdan. Tizim Flyme Auto platformasida ishlaydi va apparat asosi sifatida Snapdragon 8155 chipidan foydalanadi.

Foto: Geely

Shuningdek, model ko‘p qatlamli shovqin izolyatsiyali oynalar, smartfon uchun simsiz quvvatlash, old o‘rindiqlarda ventilyatsiya va massaj funksiyasi, proyeksion displey hamda kuzatish tizimi bilan ta’minlangan. Narxlar Xitoy bozorida 139 700 yuandan boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Geely Galaxy Starshine 6 avtomobili yangilangani haqida yozgandi.

Shuningdek