Tramp qo‘shimcha 10 foizlik global bojlarni kiritishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp maxsus matbuot anjumanida Oliy sudning bojlar bo‘yicha qarorini «chuqur hafsalani pir qiluvchi» deb atadi. U amaldagi tariflarga qo‘shimcha ravishda 10 foizlik global bojlar kiritish bo‘yicha farmon imzolashini e’lon qildi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidentining yangi bojlari faqat 150 kun amal qiladi. Germaniya hukumati AQSh Oliy sudining qarorini inobatga olganini va «kelgusi qadamlar bo‘yicha ochiqlikka erishish uchun» Tramp ma’muriyati bilan yaqin aloqada bo‘lib turganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Oliy sudi Trampning qator mamlakatlarga nisbatan bir tomonlama joriy etgan bojlarini noqonuniy deb topgan edi. Sudyalar tariflarni kiritish huquqi faqat Kongressga tegishli ekanligini ta’kidlagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hindistonda Yevropa avtomobillari uchun bojlar 40 foizgacha tushirilishi haqida xabar bergan edi.