Haval H9 yo‘ltanlamasining yangi xususiyatlari ma’lum qilindi

Yangilangan Haval H9 2026 yo‘ltanlamasining yangi xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Asosiy yangilik sifatida avtomobil kuzovining to‘liq ruxlangani qayd etilmoqda. Bu haqda avtonovostidnya.ru xabar bermoqda.
Great Wall Motor Rus kompaniyasining strategiya departamenti menejeri Ilya Fedotov taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘ltanlamasning barcha metall qismlari, jumladan, ostonalar va hatto tom qismi ham ruxlangan.
«Bu holat instrumental tekshiruvlar orqali o‘z tasdig‘ini topgan», — deya ta’kidladi kompaniya vakili.

Ishlab chiqarish bosqichidayoq avtomobil asosi maxsus grunt yordamida yemirilishga qarshi ishlovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, kuzovning tag qismi namlik va tuzlardan himoya qiluvchi qalin qatlami bilan qoplangan. Ushbu qoplama avtomobil uchun qo‘shimcha shovqin izolyatsiyasi vazifasini ham bajaradi.
Haval H9 2026 modelining Rossiyadagi savdolari joriy yilning 13-fevral kuni rasman boshlangan. Qayd etish joizki, yangilangan model qatoridan dizel dvigateli olib tashlangan va kompaniya buning sabablarini ochiqlagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Haval H7 2026 avtomobili sotuvga chiqqani haqida xabar bergan edi.