2026 Chevrolet Captiva PHEV sotuvga chiqdi — narx

22-fevral 2026 11:56 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2026 Chevrolet Captiva PHEV sotuvga chiqdi — narx
Foto: GM Authority

General Motors Kolumbiyada 2026-yilgi Chevrolet Captiva PHEV modelini rasman taqdim etdi. GM Authority’ga ko‘ra, model mamlakatda taqdim etilgan to‘liq elektr versiyadan bir necha oy o‘tib sotuvga chiqarildi.

Yangi Captiva PHEV Kolumbiyada Chevrolet’ning ilk plagin gibrid avtomobiliga aylandi. U to‘liq elektromobil emas, ammo yonilg‘i tejamkor variant qidirayotgan mijozlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: GM Authority

GM Kolumbiya rahbari Xuan Rosero ta’kidlashicha, Captiva PHEV brendning bosqichma-bosqich elektrlashtirish strategiyasida muhim qadam hisoblanadi. Uning aytishicha, model kundalik foydalanish uchun mos, tejamkor va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Kolumbiyada 2026 Captiva PHEV faqat Premier komplektatsiyasida taklif etiladi. Ushbu versiya xavfsizlik, qulaylik va multimedia tizimlari bilan to‘liq jihozlangan.

Foto: GM Authority

Avtomobil 1,5 litrli atmosfera dvigatel va old elektr motor bilan jihozlangan. Tizimning umumiy quvvati 204 ot kuchini tashkil etadi. Batareya sig‘imi 20,5 kVt/soat bo‘lib, lityum-temir-fosfat turiga mansub. Ushbu gibrid tizim bilan avtomobilning umumiy yurish masofasi 1000 km dan oshadi.

Foto: GM Authority

Yangi model Kolumbiyadagi 90 dan ortiq rasmiy dilerlik markazlarida sotuvga chiqarildi. Plagin gibrid narxi $42,1 ming. Bu hozirgi Kia EV6 narxiga yaqin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilgi Chevrolet Cobalt qariyb Tracker narxida sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek