Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malakа komissiyasi ish boshlaydi

eʼlon qilindi
sud
Hukumat qarori bilan
2026–2027-yillarda «E-KSUD» axborot tizimi joriy etiladi
Foto: depositphotos

Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malakа komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Hukumat qarori bilan nodavlat sud-ekspertiza sohasini tartibga soluvchi yangi qoidalar tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha aniq tartib belgilandi. Shuningdek, sud eksperti bo‘lish istagidagi shaxslarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va qo‘shimcha ekspertiza turlari bo‘yicha o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Endi nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari notijorat tashkilot shaklida yoki yakka tartibdagi sud-ekspertlik byurosi ko‘rinishida faoliyat yuritishi mumkin. Avval bunday tashkilotni ochish uchun kamida 3 nafar sertifikatga ega sud eksperti bo‘lishi talab etilar edi.

Shuningdek, sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reestri joriy etildi. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari Davlat xizmatlari markazlari orqali avtomatlashtirilgan tizim yordamida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Sud ekspertlarini qayta tayyorlash tizimi ham amaliyotga yaqinlashtirildi. O‘quv jarayonining 40 foizi nazariy, 60 foizi amaliy qismdan iborat bo‘ladi. Nazariy mashg‘ulotlar davlat ta’lim muassasasida, amaliy qismi esa davlat sud-ekspertiza muassasasida o‘tkaziladi.

Ekspert-malakа komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malakа komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu komissiya sud ekspertlarining kasbiy tayyorgarligini baholaydi va noqonuniy harakatlar bilan bog‘liq holatlarni ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, «E-ekspertiza» platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvi tartibi tasdiqlandi. Endilikda ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida hujjatlar faqat elektron tizim orqali yuboriladi.

Agar ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror va ish materiallari mazkur platforma orqali yuborilmasa, bunday asosda ekspertiza o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tizim orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ham yaratiladi.

Yangi tartib sud ekspertizalarini o‘tkazish muddatini qisqartirish, ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirish va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda 135 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi. Hisobot davrida 59 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Shundan 19 nafari sudyalik qasamyodini buzgan yoki Odob kodeksiga rioya qilmagani uchun ishdan ozod etildi. 

Shuningdek