Yangi Toyota RAV4 uchun noodatiy zavod tyuningi taqdim etildi

23-fevral 2026 10:16 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Yangi Toyota RAV4 uchun noodatiy zavod tyuningi taqdim etildi
Rasm: Toyota Racing Development

2026-yilgi Toyota RAV4 GR Sport krossoveri uchun Toyota Racing Development maxsus zavod tyuning to‘plamini taqdim etdi. Carscoops’ga ko‘ra, hozircha ushbu aksessuarlar faqat Yaponiya bozorida mavjud.

Tyuning paketi tashqi ko‘rinishni sezilarli o‘zgartiradi. Old bamperga splitter o‘rnatilgan bo‘lib, u havo oqimini yaxshilaydi. Yon qismlarga kumush rangli bezaklar qo‘shilgan. Orqa qismda esa yangi spoyler mavjud. Shuningdek, avtomobil 20 dyuymli qora-kumush rangli alyuminiy disklar bilan jihozlangan.

Rasm: Toyota Racing Development
Rasm: Toyota Racing Development

Biroq yangiliklar faqat tashqi dizayn bilan cheklanmaydi. RAV4’ga orqa qismida maxsus dempfer o‘rnatilgan. U ortiqcha vibratsiya va shovqinni kamaytiradi hamda avtomobil boshqaruvini aniqroq qiladi.

Yana bir noodatiy yechim bu eshik stabilizatorlari. U eshik qulfi qismiga o‘rnatiladigan maxsus moslamalar bo‘lib, kuzov qattiqligini oshiradi. Muhandislar ta’kidlashicha, bu rul boshqaruvini yanada aniq va ishonchli qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toyota J.D. Power tadqiqotlariga ko‘ra, 2026-yilning eng ishonchli avtomobil brendlaridan biri sifatida qayd etildi. U 10 ta brend orasida 8-o‘rinni egallagan.

Shuningdek