Xorijga ishlash uchun to‘lov qilgan fuqarolarga mablag‘ qaytariladi

2023 – 2025-yillarda Migratsiya agentligiga xorijga ishga yuborish xizmatlari uchun to‘lov qilgan, biroq chet el ish beruvchisi sababli ishga jo‘nab ketmagan fuqarolarga mablag‘lar qaytariladi. Bu haqda agentlik Telegram kanalida ma’lum qildi.
Xorijiy ish beruvchi tomonidan yuzaga kelgan tashkiliy yoki boshqa holatlar sababli safarga chiqmagan shaxslarning pullari qaytariladi.
Murojaatlarni qabul qilish muddati 2026-yil 20-martga qadar etib belgilangan. Fuqarolar bir oy ichida ariza topshirishi lozim.
Elektron ariza xorijdaish.uz platformasi orqali yuboriladi. Ariza topshirish bosqichlari videoyo‘riqnoma shaklida ham taqdim etilgan.
Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Qaror taqdim etilgan hujjatlar asosida qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv o‘zbekistonliklar uchun Qatarning yirik vakansiyalar bazasi ochilgani haqida yozgan edi.