Dollar oshdi: 24-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
23-fevral kuni dollar 43,38 so‘mga oshib, 12 212,79 so‘mni tashkil etgan edi
24-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

24-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 23,34 so‘mga oshib, 12 236,13 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

16-fevral kuni dollar 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mni, 17-fevral kuni esa 29,68 so‘mga tushib, 12 191,30 so‘mni, 18-fevral kuni 53,44 so‘mga tushib, 12 137,86 so‘mni tashkil qildi. 19-fevralga kelib dollar 12 132,48 so‘mga (-5,38), 20-fevral kuni esa 36,93 so‘mga oshib, 12 169,41 so‘mga yetdi. 23-fevral kuni dollar 43,38 so‘mga oshib, 12 212,79 so‘mni tashkil etdi.

Grafik: SI

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 28,77 so‘mga oshib, 14 439,86 so‘mni, rubl 0,42 so‘mga pasayib, 159,10 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek