Chevrolet Bolt 2027 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqdi

24-fevral 2026 09:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Bolt 2027 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqdi
Foto: GM

Chevrolet Bolt 2027 avtomobili bir qator yangilanishlar bilan taqdim etildi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, modelda xaridorlar kutgan Super Cruise tizimi hozircha mavjud emas. Super Cruise deb nomlangan qo‘lsiz haydash tizimi 2026-yil oxirida paydo bo‘ladi. Hozir dilerlarda bor yoki yetkazilayotgan avtomobillarda bu tizim o‘rnatilmagan.

Foto: Chevrolet

Tizim avtomobil ichidagi Google xaritasi bilan ishlaydi. Xarita qo‘lsiz boshqaruv mumkin bo‘lgan yo‘llarni ko‘rsatadi. Shuningdek, tanlangan marshrutning qaysi qismi qo‘lsiz boshqaruvga mos kelishini hisoblab beradi.

General Motors haydovchi har doim yo‘lga e’tibor berishi shartligini eslatadi. Tizimdan foydalanish uchun alohida obuna yoki bepul sinov muddati kerak bo‘ladi.

Foto: Chevrolet

Yangi Bolt bir zaryad bilan 262 milgacha yuradi. Bu taxminan 422 km masofa degani. Tezkor quvvatlash quvvati 150 kVtgacha yetadi. Ideal sharoitda batareya 10 foizdan 80 foizgacha 25 daqiqada to‘ladi.

Model ilk bor NACS turdagi zaryadlash porti bilan chiqdi. Bu orqali Tesla tezkor zaryadlash stansiyalaridan adapterlarsiz foydalanish mumkin.

Yangi elektr dvigatel samaradorlikni oshiradi. Kamroq noyob metall ishlatiladi.

Foto: Chevrolet

Salon markazida 11,3 dyuymli sensorli ekran bor. Haydovchi oldida 11 dyuymli raqamli panel joylashgan. Google tizimi standart tarzda o‘rnatilgan. Apple CarPlay va Android Auto qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Super Cruise funksiyasini olgan avtomobillar 2026-yilning oxirlarida taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Bolt’ning ayrim versiyalariga buyurtma cheklovi joriy etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek