Islom sivilizatsiya markazi qachon to‘liq ochiladi

Toshkentdagi Islom sivilizatsiya markazi 19 – 21-mart kunlari to‘liq ochiladi. Bu haqda jurnalist Aziza Qurbonova Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu maskan har bir o‘zbekistonlik uchun muhim ma’naviy manba bo‘lishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, markazga tashrif buyurgan inson buyuk ajdodlarimiz merosi va millatimiz kimligi haqida chuqur tasavvurga ega bo‘ladi.
«Har bir yosh, har bir o‘zbekistonlik borib albatta ko‘rsa, buyuk ajdodlarimiz merosi, millatimiz kimligi haqida tasavvuri uyg‘onib, g‘ururlanib qaytadi. Albatta, bu yerga yoshlar borishi kerak», – deya qayd etgan prezident.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishgani haqida yozgan edi.