President Tech Awards mukofot jamg‘armasi 5 mln dollarga oshiriladi

eʼlon qilindi
Shu kungacha tanlov jamg‘armasi $1 mln edi
President Tech Awards mukofot jamg‘armasi 5 mln dollarga oshiriladi
Foto: IT-park matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev President Tech Awards tanlovining umumiy mukofot jamg‘armasini $5 mlnga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Aziza Qurbonova Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Davlat rahbari bu qaror startaplarni qo‘llab-quvvatlash va yosh dasturchilarni rag‘batlantirish maqsadida qabul qilinganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, shu kungacha tanlov jamg‘armasi $1 mln edi. Avval 1-o‘rin sohiblari $100 ming, 2-o‘rin $50 ming, 3-o‘rin esa $25 ming miqdorida mukofot olardi.

Yangi qaror tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi va texnologik startaplar uchun rag‘batni yanada oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Islom sivilizatsiya markazi qachon to‘liq ochilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek