O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni Yoshlar kuni etib belgilandi

O‘zbekistondagi barcha vazirlik, idora va hokimliklarda har haftaning payshanba kuni Yoshlar kuni sifatida o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur kunda sohaga mas’ul rahbarlar mahallalar, maktablar va texnikumlarga borib, yoshlarning muammolarini o‘rganadi va hal etish choralarini ko‘radi.
Yangi tizim doirasida hokimlar yoshlarga mo‘ljallangan savdo va servis loyihalarini amalga oshirishga mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganishi, shuningdek, ishga joylashishi yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga amaliy ko‘mak beriladi.
Yoshlar kunida startap loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida alohida mablag‘ va grantlar ajratilishi ta’kidlangan.
Bundan tashqari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor hamda ma’naviyat sohasi vakillari uchun maxsus tadbirlar tashkil etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan president Tech Awards mukofot jamg‘armasi 5 mln dollarga oshirilishi haqida xabar bergan edi.