Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari 17,2 foizdan boshlanadi

eʼlon qilindi
23-fevral holatiga ko‘ra
Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaydi
Foto: depositphotos

23-fevral holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,9 foizni tashkil qildi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,4 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Ipoteka bank» – 17,2%;
  • «Infinbank» – 18,7%;
  • «Garant bank» – 19,8%;
  • «Hamkorbank» – 21,4%;
  • «Davr bank» – 21,5%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Madad Invest bank» – 28,3%;
  • «Trast bank» – 26,6%;
  • «Mikrokreditbank» – 26,4%;
  • «Asakabank» – 25,7%;
  • «Agrobank» – 25,2%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 29,3 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,4 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «Tenge bank» – 42,6%;
  • «Anorbank» – 41,9%;
  • «AVO bank» – 39,9%;
  • «TBC bank» – 39,6%;
  • «Ipoteka bank» – 35,8%.

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Aloqabank» – 22,7%;
  • «Infinbank» – 24%;
  • «Trast bank» – 24,9%;
  • «BRB» – 25,1%;
  • «Milliy bank» – 25,3%.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektromobillarga kam foizli avtokredit qachondan berilishi haqida ma’lumot berilgandi. Unga ko‘ra, ushbu avtokreditlar birinchi bosqichda aholiga 15 mingta elektromobil uchun taqdim qilinadi.

Shuningdek