«Kelajak tadbirkori» dasturi ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 mln so‘mgacha kredit beriladi
«Kelajak tadbirkori» dasturi ishga tushiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yildan «Kelajak tadbirkori» dasturi boshlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida qayd etildi.

Dastur doirasida yosh tadbirkorlarga 7 yilgacha 15 foizli kreditlar ajratiladi. O‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 mln so‘mgacha kredit beriladi. Biznes ko‘nikmasiga ega bo‘lib, yangi ish boshlayotganlarga 300 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

Faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlar 2 mlrd so‘mgacha kredit olishi mumkin. Kamida 5 nafar bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ beriladi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birga «Mening birinchi kasbim» dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Unda stajirovka asosida tanlov o‘tkazilib, oliygoh bitiruvchilariga oyiga 2 mln so‘mgacha stipendiya to‘lanadi.

Qayd etilishicha, tadbirkorlikni boshlayotgan yoshlarning 30 foizi biznes ko‘nikmasi yetishmagani sabab qiyinchilikka duch kelmoqda.

Shu bois har bir hududda «Yoshlar biznes inkubatori» tashkil etiladi. Bu markazlar tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank va marketing masalalarida yordam ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri President Tech Awards mukofot jamg‘armasi 5 mln dollarga oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek