Jizzax sudi katta yordamchisi pora olmagan — Aziz Abidov

eʼlon qilindi
U hozirda o‘z xizmat vazifasini davom ettirmoqda
Jizzax sudi katta yordamchisi pora olmagan — Aziz Abidov
Foto: Pexels

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax sudi katta yordamchisi MChJning 230 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berish hamda bankrotlik orqali jamiyatni tugatish uchun 10 mln so‘m olganda ushlangani haqida xabar tarqaldi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovga ko‘ra, bu xabarlar asossiz.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, mazkur ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Qayd etilishicha, sud tugatish boshqaruvchisi tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jizzax shahar sudi ajrimi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Biroq sudya katta yordamchisining ushbu holatga aloqasi yo‘q. U hozirda o‘z xizmat vazifasini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilda 135 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek