Xorijiy til sertifikati olgan yoshlar soni 600 mingdan oshdi

eʼlon qilindi
Xususiy o‘quv markazlari soni 3 baravar ko‘paydi
Xorijiy til sertifikati olgan yoshlar soni 600 mingdan oshdi
Foto: MSN

O‘zbekistonda xorijiy til sertifikati olgan yoshlar soni 600 mingdan oshdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida qayd etildi.

Xususiy o‘quv markazlari soni 3 baravar ko‘paydi. Ularning soni 38 mingdan oshdi. Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar O‘quv markazlari uyushmasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Prezident bu taklifni qo‘llab-quvvatladi.

Endilikda uyushmaga a’zo xususiy o‘quv markazlariga bino ijaraga bergan tadbirkorlar ijara daromadi va foyda solig‘idan ozod etiladi.

Shuningdek, bunday markazlar o‘qituvchilari Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur va Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Kelajak tadbirkori» dasturi ishga tushirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek