Dollar tushdi: 25-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
24-fevral kuni dollar 23,34 so‘mga oshib, 12 236,13 so‘mga yetgan edi
Курс доллара на 7 января
Foto: Pixabay

25-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 48,45 so‘mga tushib, 12 190 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

17-fevral kuni esa 29,68 so‘mga tushib, 12 191,30 so‘mni, 18-fevral kuni 53,44 so‘mga tushib, 12 137,86 so‘mni tashkil qildi. 19-fevralga kelib dollar 12 132,48 so‘mga (-5,38), 20-fevral kuni esa 36,93 so‘mga oshib, 12 169,41 so‘mga yetdi. 23-fevral kuni dollar 43,38 so‘mga oshib, 12 212,79 so‘mni tashkil etdi. 24-fevral kuni dollar 23,34 so‘mga oshib, 12 236,13 so‘mga yetgan edi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 73,02 so‘mga tushib, 14 366,84 so‘mni, rubl 0,01 so‘mga pasayib, 159,09 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek