Misr vizasi 1-martdan 30 dollarga ko‘tarilishi mumkin

1-martdan boshlab Misrga kirish vizasi narxi $25 dan $30 ga oshiriladi. Bu haqda Visas News nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, Hurghada xalqaro aeroportiga yetib kelgan sayyohlar pasportiga ikki dona marka yopishtiriladi: biri $25, ikkinchisi qo‘shimcha $5 qiymatida. Xuddi shu tartib Qohira va O‘rta yer dengizi bo‘yidagi aeroportlarda — Iskandariya, El-Alameyn hamda Marsa-Matruh yo‘nalishlarida ham amal qiladi.
Turizm sohasi vakillari fikricha, vizaning $5 ga qimmatlashishi yo‘nalish ommabopligiga jiddiy ta’sir qilmaydi. Space Travel rahbari Artur Muradyan ta’kidlashicha, Misr baribir eng hamyonbop plyaj yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda va $30 miqdoridagi yig‘im sayyohlar uchun to‘siq bo‘la olmaydi.
Avvalroq «Kursiv» nashri AQSh ayrim o‘zbekistonliklarga viza olishni cheklanishi haqida yozgandi.