YouTube Premium Lite’ga fon rejimi va yuklab olish funksiyalari qo‘shildi

eʼlon qilindi
Premium Lite obunasi oyiga $7,99 narxda taklif etiladi
Foto: Getty Images

YouTube Premium Lite tarifini kengaytirdi. Endi obunachilar videolarni fon rejimida tomosha qilish va qurilmaga yuklab olib, oflayn ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi imkoniyatlar qatoriga Background Play (fon rejimida ijro) va Downloads (videoni yuklab olish) funksiyalari qo‘shildi. Bu orqali foydalanuvchilar ilovadan chiqib ketgan holda ham video ovozini tinglashi yoki internetga ulanmagan paytda kontentni tomosha qilishi mumkin.

Premium Lite obunasi oyiga $7,99 narxda taklif etiladi. Yangilanish 25-fevral, bugundan boshlab bosqichma-bosqich joriy etilmoqda va yaqin haftalarda ushbu tarif mavjud bo‘lgan barcha hududlarda ishga tushiriladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, funksiyalar foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida qo‘shilgan.

Shu bilan birga, to‘liq imkoniyatlardan foydalanish — jumladan, barcha videolarni reklamasiz ko‘rish, musiqiy kontent va YouTube Music xizmatidan foydalanish uchun avvalgidek standart YouTube Premium obunasi talab etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Blackpink YouTube’da 100 million obunachi to‘plagan ilk musiqa guruhi bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek