Sankt-Peterburg gubernatori Xayrullo Ibodullayevni ko‘krak nishoni bilan taqirladi

eʼlon qilindi
Unga “Qutqaruvdagi jasorati uchun” ko‘krak nishoni berildi
Sankt-Peterburg gubernatori Xayrullo Ibodullayevga ko‘krak nishoni berdi / Foto: Telegram

Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov 7-qavatdan tushib ketgan 7 yoshli bolani qutqargan Xayrullo Ibodullayevni «Qutqaruvdagi jasorati uchun» ko‘krak nishoni bilan mukofotladi. Bu haqda gubernatorning Telegram sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Telegram

«Bugun Xayrullo Ibadullayev bilan uchrashdim. Butun shaharimiz uning jasorati haqida eshitdi. U ish vaqtida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, derazadan yiqilgan 7 yoshli bolani ushlab qoldi. Jarohat olgan bo‘lsa-da, bolaning hayoti uchun jon kuydirdi.

Xayrullo tozalash kompaniyasida ishlaydi, to‘rt farzandning otasi. Unga boshqalar hayotiga befarq bo‘lmagani, yordamga shayligi va insoniyligi uchun «Qutqaruvdagi jasorati uchun» ko‘krak nishoni topshirildi», — deydi gubernator.

Foto: Telegram

Shu bilan birga, unga Sankt-Peterburg hukumati tomonidan 1 mln rubl ($13 mingdan ziyod) miqdorida pul va Tigran Keosayan nomidagi mukofot ham topshirildi. U mablag‘ni O‘zbekistonda uy qurish va otasini davolashga sarflashini ma’lum qilgan.

Foto: Telegram

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Xayrullo Ibadullayev Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan «Jasorat» medali bilan ham taqdirlangan edi.

Shuningdek