BMT Ukrainada barqaror tinchlikni qo‘llab-quvvatlash rezolyutsiyasini qabul qildi

BMT Ukrainada barqaror tinchlikni qo‘llab-quvvatlash rezolyutsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston va 50 ta davlat betaraf qolgan.
Rezolyutsiya Rossiya va Ukraina o‘rtasida darhol, to‘liq va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiradi. Unda Ukrainaning suvereniteti, mustaqilligi va xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash qayd etilgan.

Shuningdek, hujjatda harbiy asirlarni almashish, majburan olib ketilgan yoki deportatsiya qilingan tinch aholini, jumladan, bolalarni qaytarish talabi ham aks etgan.
BMT vakili yakunda darhol, to‘liq va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. Bu adolatli va uzoq muddatli tinchlik sari birinchi qadam bo‘lishi kerakligi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekistonda BMT murojaatlarini ko‘rib chiqishning yangi tartibi belgilangani haqida yozgan edi.