Wolt O‘zbekistonni tark etmoqda

eʼlon qilindi
Kompaniya faoliyatni bosqichma-bosqich to‘xtatish jarayonini boshlaydi
Wolt O‘zbekistonni tark etmoqda
Foto: Wolt

Wolt kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, platforma 2026-yil 4-martgacha ishlashda davom etadi. Qaror kompaniyaning xalqaro faoliyatini qayta ko‘rib chiqish jarayonidan so‘ng qabul qilingan. Wolt o‘z resurslarini barqaror o‘sish va uzoq muddatli rivojlanish imkoniyati yuqori bo‘lgan bozorlarga yo‘naltirishni maqsad qilgan.

DoorDash International rahbari, Deliveroo bosh direktori va Wolt hammuassisi Miki Kuusi kompaniya nomidan O‘zbekistondagi xodimlar, mijozlar, hamkorlar va kuryerlarga minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qiyin qaror, biroq kompaniya eng istiqbolli bozorlariga e’tibor qaratish orqali global miqyosda uzoq muddatli qiymat yaratishni davom ettiradi.

«Biz Qatar, Singapur, Yaponiya va O‘zbekistondagi faoliyatimizni tugatish bo‘yicha qiyin qaror qabul qildik. Bizning ustuvor vazifamiz — eng yaxshi mahsulotlarni taklif qilishimiz va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin bo‘lgan hududlarga e’tibor qaratgan holda, jamoalarimiz va hamkorlarimizni qo‘llab-quvvatlashdir», – deydi u.

Mazkur o‘zgarishlar kompaniyaning xalqaro portfelini keng qamrovli tahlil qilish doirasida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» nashri 2025-yilda Oʻzbekiston bozoriga kirgan va bozorni tark etgan xorijiy brendlar haqida ma’lumot bergandi.

Shuningdek