Surxondaryoda sifatsiz benzin sotgan «zapravka» jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
«Sh. S.» MChJga qarashli shoxobchaga 14,3 mln so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanildi
Surxondaryoda sifatsiz yoqilg‘i sotgan «zapravka»larga chora ko‘rildi. Foto: O‘zenergoinspeksiya

Surxondaryo viloyatidagi AYOQShda sotilayotgan Ai-92 markali avtobenzin davlat standartlariga mos kelmasligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima chorasi ko‘rildi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» rasmiy bayonot bermoqda.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida «Sh. S.» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi mahsulotlar tegishli tartibda laboratoriya tahlilidan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalari shoxobchada sotilayotgan Ai-92 markali avtobenzinning amaldagi davlat standart talablariga javob bermasligini ko‘rsatdi.

Mazkur qonunbuzilishi holati yuzasidan ushbu shoxobchada realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida moliyaviy jarima qo‘llandi. Jarima miqdori 14,3 mln so‘mni tashkil etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AYOQShlarda benzin sifatini tekshiruvchi uskunalar o‘rnatilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek