Dollar yana tushdi: 26-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
25-fevral kuni esa 48,45 so‘mga tushib, 12 190 so‘mni tashkil etgan edi
Dollar yana tushdi: 26-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

26-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 50,58 so‘mga tushib, 12 137,10 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

19-fevralga kelib dollar 12 132,48 so‘mga (-5,38), 20-fevral kuni esa 36,93 so‘mga oshib, 12 169,41 so‘mga yetdi. 23-fevral kuni dollar 43,38 so‘mga oshib, 12 212,79 so‘mni tashkil etdi. 24-fevral kuni dollar 23,34 so‘mga oshib, 12 236,13 so‘mga yetgan edi. 25-fevral kuni esa 48,45 so‘mga tushib, 12 190 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 59,63 so‘mga tushib, 14 307,21 so‘mni, rubl 0,56 so‘mga pasayib, 158,53 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek