Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi — video

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Boshqarmaga ko‘ra, 25-fevral kuni soat 14:47 da «112» tizimi orqali Qo‘qon shahri Bo‘ston MFYdagi ko‘p qavatli uylardan birida chaqnash sodir bo‘lgani va yong‘in kelib chiqqani haqida xabar tushgan.
Qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in qisqa fursatda o‘chirilgan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tan jarohati olganlar haqida hozircha xabar kelib tushmagan.
Ayni paytda qutqaruvchilar tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oltiariq tumanidagi daraxt ko‘chatlari omborida yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.